Paxtakor tumanida fermer xo‘jaliklarida chorvachilik rivojlantirilmoqda
2026-02-03 16:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani Samarqand fermer xo‘jaliklari hududiy uyushmasiga qarashli 30 nafar fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Shulardan “Zomin darvozasi” fermer xo‘jaligi rahbari faqat dehqonchilik bilan cheklanib qolmasdan, chorvachilik yo‘nalishini ham keng rivojlantirib kelmoqda.
Xususan, Jizzax viloyati hokimi tashabbusi bilan tumandagi mavjud 241 ta fermer xo‘jaliklarida bo‘rdoqichilik yo‘nalishida qoramol boqish, shuningdek, qo‘ychilikni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, hududdagi imkoniyati mavjud xonadonlarda ham novvos boqish yo‘lga qo‘yilmoqda.
🌱 Chorva mollari uchun mo‘ljallangan ozuqa mahsulotlari zaxiralari har bir hududda yetarli miqdorda jamg‘arilgan.









