Paxtakor tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
2026-02-03 12:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimi X.Abduvoxidov, tuman prokurori X.Gaziyev hamda tuman IIB boshlig‘i Yo.Akaboyevlar G‘alaba mahallasi hududida yangidan barpo etilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, Paxtakor mahallasi hududi o‘rganilib, ko‘p qavatli uylar atrofi bazalt qoplamasi bilan ta’mirlanishi, hududga zamonaviy ko‘rinish berish masalalari ko‘rib chiqildi.
🤝 Tashrif davomida mahalla faollari bilan suhbatlar o‘tkazilib, “reyestr”da turgan oilalar xonadonlarida bo‘lib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi.
📌 O‘rganish yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.







