“Jaholatga qarshi maʼrifat” – barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhit garovi
2026-02-02 14:30:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati hokimligining 2026-yil 27-yanvardagi 06/11-sonli topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Paxtakor tumanidagi Pedagogika texnikumida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
🎯 Mazkur tadbir kasbiy taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish hamda yoshlar ongida maʼrifat va hushyorlikni kuchaytirishga qaratildi.
👤 Tadbirda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Boliyev Sahobiddin Pardaboyevich ishtirok etib, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, bilim va maʼrifat orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish muhimligini alohida taʼkidladi.
🤝 👉 Ushbu tadbir ishtirokchilarda maʼnaviy immunitetni mustahkamlash, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qildi.





