Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-02-02 12:20:00 / Yangiliklar

🤝🏘 Paxtakor tumani hokimi X.Abduvoxidov, tuman prokurori X.Gaziyev, tuman IIB boshlig‘i Yo.Akaboyev hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Bog‘ishamol mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazildi.
👥 Muloqot davomida hududdagi muammolar, jumladan:
✅ kommunikatsiya tizimlari holati 💧⚡️
✅ noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish 🏗
✅ ichki yo‘llarni ta’mirlash 🚧
masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi.
📝 Aholini qiynayotgan masalalarni joyida hal etish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
🤝 Ochiq muloqot va hamkorlik asosida hududlarni obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.








