Paxtakor tumanida xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyati o‘rganildi
2026-01-31 18:30:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida joylashgan 104 ta ko‘p qavatli uyning 59 tasiga “G‘ayrat Jahon servis stroy”, 45 tasiga esa “Paxtakor Bobir gold servis stroy” BSKlar xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
2025–2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida uylarga kirish eshiklari va oynalar o‘rnatildi, bolalar maydonchalari, tomlar, hojatxonalar, tandirxonalar qurilib, ko‘p qavatli uylar joriy ta’mirdan chiqarildi.
Tegishli dastur doirasida mahallada joylashgan 104 ta uyning 103 tasida energotejamkor bazalt qoplamasi bilan qoplash ishlari yakunlangan bo‘lib, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini tortish hamda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Uchrashuv davomida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.





