Paxtakor tumanida askarlar ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-01-31 11:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimligida “Askar ota-onalarini sharaflaymiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy anjuman o‘tkazildi.
Paxtakor tumani hokimi ishtirokida harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbir ota-onalarga farzandlarining xizmat sharoitlari va ruhiy holati bilan yaqindan tanishish, askarlarga esa oila a’zolarining qo‘llab-quvvatlovini his etish imkonini berdi.
Shuningdek, tadbir davomida tuman hokimi Xusan Abduvoxidov, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman Mudofaa bo‘limi rahbari tomonidan askarlarning ota-onalariga farzand tarbiyasidagi fidoyiligi,
Vatanga sadoqatli va mard yigitlarni voyaga yetkazganliklari uchun alohida e’tirof bildirildi.
Uchrashuv davomida vatanparvarlik, ota-onaga hurmat, harbiy burchga sadoqat kabi ezgu qadriyatlar keng targ‘ib etildi.








