Sovuq ob-havoga qaramay — samarali mehnat!
2026-01-29 11:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida “Suvoqova” korxonasi xodimlari tomonidan markaziy ichimlik suv quvurlarida ta’mirlash va tiklash ishlari izchil olib borilmoqda.
Shuningdek, oqova suv tizimlari tartibga keltirilib, nosozliklar tezkor bartaraf etilmoqda.
🔧 Mutaxassislarning fidokorona mehnati natijasida aholiga toza ichimlik suvi uzluksiz va o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Bu esa aholi salomatligini asrash va sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
🏡 Amalga oshirilayotgan ishlar hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratishga qaratilgan.
🌟 “Suvoqova” xodimlarining mas’uliyatli va fidokorona mehnati har qanday tahsinga loyiqdir.









