Paxtakor tumanida muhim tushuntirish ishlari olib borildi
2026-01-21 16:00:00 / Yangiliklar

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻbasi mutaxassislari, ⚖️ yuridik xizmat vakillari hamda 🏫 Paxtakor tumani umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari va 🧠 psixologlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
📄 Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026–2030-yillarga moʻljallangan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF–256-son Farmonining mazmuni va ijrosi yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.
🛡 Bolalar huquqlarini himoya qilish – barchamizning ustuvor vazifamiz!



