MAHALLA — MA’NAVIYAT VA IJTIMOIY BARQARORLIK TAYANCHI
2026-01-20 09:00:00 / Yangiliklar

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi, shuningdek, Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tadbirlarda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Soatov Baxtiyor Axmatovich, uyushmaning mas’ul xodimlari Asqarjon Jalilov, Abdusattor Bababekov hamda tuman mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.
Uchrashuvlar davomida bugungi globallashuv sharoitida kuchayib borayotgan global tahdidlar, tashqi xavflar va mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashish, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va samaralarini aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlashda ziyolilar va jamoatchilik faollarining rolini yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.



