Paxtakor tumanida qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-01-16 14:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida 14-sonli musiqa maktabi faollar zalida tuman hokimi Xusan Abduvoxidov raisligida qishloq xo‘jaligi sohasiga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi.
📌 Yig‘ilishda joriy yilda pillachilik, g‘allachilik va paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishish, mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish va agrotexnik talablarni qat’iy bajarish masalalari muhokama qilindi.
🔰 Yakunda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.





