Paxtakor tumanida “RAHBAR VA YOSHLAR” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-01-17 10:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida tuman hokimi X. Abduvohidov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Y. Akaboyev ishtirokida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot ruhidagi uchrashuv tashkil etildi.
🗣 Tadbir davomida yoshlardan kelib tushgan savol va murojaatlarga batafsil javoblar berilib, ularning taklif va tashabbuslari diqqat bilan tinglandi. Yoshlar o‘z fikrlarini erkin bildirib, muammolariga yechim topish borasida o‘z qarashlarini bildirishdi.
🔰 Rahbarlar esa yoshlarning ilg‘or g‘oyalari va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi. Ushbu uchrashuv yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolari va ehtiyojlarini joyida o‘rganishga qaratildi.
🚀 Shuningdek, faol yoshlar tomonidan startap loyihalar va zamonaviy innovatsion g‘oyalar taqdim etildi. Bu esa yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni zamon talablariga mos, raqobatbardosh va yetuk kadrlar sifatida kamol toptirishga xizmat qilmoqda.
📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, ularni yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga undaydi.









