










📍 Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 20-maktabda
Maktab o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalari, ko‘cha va yo‘llarda o‘zini tutish madaniyatini oshirish maqsadida Paxtakor tumani IIB JXX YXHG katta inspektori, kapitan Shuhrat Alimov tashrif buyurib, davra suhbati o‘tkazdi.
👮♂️ Tadbir davomida o‘quvchilarga:
yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash,
piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish,
transport vositalari soni yil sayin oshib borayotgani sababli ehtiyotkorlik muhimligi haqida tushunchalar berildi.
🚸 Shuningdek, piyodalarning:
maxsus piyodalar yo‘lakchasidan harakatlanishi,
bunday yo‘lakcha bo‘lmagan hollarda yo‘l chekkasidan yoki velosiped yo‘lagidan yurishi,
har doim yo‘lning o‘ng tomonidan, transport vositalari harakati yo‘nalishi bo‘yicha yurishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
🔰 Ushbu tadbir o‘quvchilar ongida yo‘l harakati qoidalariga amal qilish madaniyatini shakllantirish, ularning hayoti va sog‘lig‘ini asrashga xizmat qiladi.