Tuman rahbarlari 2-sonli texnikumida bo'lishdi
2026-01-13 15:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Akaboyev Yoqubjon Ne’matovichlar 🏫 Paxtakor mahallasi hududida joylashgan 2-sonli texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan 🆕 yangi tashabbuslar hamda olib borilayotgan faoliyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida 📚 o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, 👨🔧👩💻 yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, yaratilgan 🏗 shart-sharoitlar va kelgusidagi 🎯 rejalarga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullar tomonidan 📝 tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.








