Paxtakor tumani rahbarlari hududlarda o‘rganish ishlarini olib borishdi
2026-01-10 17:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani rahbarlari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va xashar ishlari doimiy nazoratga olinmoqda. Shu doirada Olmazor mahallasida tashkil etilgan umumxalq xashari jarayoni o‘rganildi.
👤 Tuman hokimi Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich hamda mas’ullar — Akaboyev Yoqubjon Ne’matovich ishtirokida mahallada olib borilayotgan tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va hududni obodonlashtirish ishlari holati bilan tanishildi.
🧹 Xashar davomida ichki ko‘chalar, yashash hududlari hamda jamoat joylarining tozaligi, obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
🌳 Bunday tadbirlar mahallalarda yashash muhitini yanada yaxshilash, aholiga qulay va ozoda muhit yaratishga xizmat qilmoqda.





