Kuzatuv kengashi raisiga rahmatnoma
2026-01-09 14:30:00 / Yangiliklar

🌟 RAXMATNOMA
Jizzax viloyati Paxtakor tumani
16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashi raisi Boltayev Sherzod Narkazakovich hamda
Kuzatuv kengashi a’zosi Jumayeva Habiba Axrorovnaga
Sizlarning ota-onalar bilan hamkorlikda, homiylik asosida bog‘chamizga archa va suv kranlari sovg‘a qilganingiz bolajonlarimizga quvonch, muassasamiz uchun esa katta amaliy yordam bo‘ldi. 🎄🚰
Ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish yo‘lida ko‘rsatgan beg‘araz yordamingiz, tashabbuskorligingiz va ijtimoiy mas’uliyatingiz tahsinga loyiqdir.
Sizlarning bunday ezgu amallaringiz yosh avlod tarbiyasiga befarq bo‘lmagan, jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlaydigan fidoyi insonlar ekaningizni yana bir bor namoyon etdi. 🤝
✨ Ezgu ishlaringiz doimo bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Jizzax viloyati Paxtakor tumani
16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi nomidan

