🎓 Paxtakor tuman 1-son politexnikumida dual ta’lim tizimi joriy etilmoqda
2026-01-08 09:00:00 / Yangiliklar

2025/2026 o‘quv yilida tasdiqlangan “Yo‘l xarita” asosida dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🤝 Ushbu jarayon doirasida hududiy mehnat bozori ehtiyojlari o‘rganilib, ish beruvchi tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
🔍 Mavjud mutaxassisliklar zamonaviy talablar va real ishlab chiqarish ehtiyojlari asosida tahlil qilinib, ularni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
🏭 O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalar imzolandi.
✨ Dual ta’lim — bilim va tajribaning uyg‘un yo‘li!



