Paxtakor tumanida bo'sh ish o'rinlar yarmarkasi bo'lib o'tdi
2026-01-06 12:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimligi tomonidan tumandagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri — “Paxtakor TEKS” QKda tuman hokimligi hamda tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish bo‘limi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada korxonadagi hamda tuman hududida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ishtirokchilarga taqdim etildi. Tadbirning asosiy maqsadi aholini doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ish izlayotgan fuqarolarga mavjud vakant ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
Mehnat yarmarkasi davomida fuqarolarga ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori va ijtimoiy kafolatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bunday tadbirlar aholining bandligini ta’minlash va hududda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









