Olmazor mahallasida fuqarolar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
2025-12-27 16:00:00 / Yangiliklar

Olmazor mahallasida fuqarolar murojaatlari amaliy yechim topmoqda 💧
Olmazor mahallasida fuqarolar murojaatlari asosida ichki yo‘llarda to‘planib qolayotgan sizot suvlarini qochirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
🛠 Ushbu jarayonda yo‘l chetlariga maxsus quvurlar yotqizilib, suvlarning erkin oqib ketishi ta’minlanmoqda.
🚜 Shuningdek, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash maqsadida yo‘llarga shag‘al to‘kish ishlari maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilmoqda.
✅ Olib borilayotgan ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar murojaatlariga joyida yechim topish maqsadida izchil davom ettirilmoqda.






