🏢 Paxtakor tumanida aholi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
2025-12-25 09:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda. Mazkur murojaatlar tuman Boshqaruv kompaniyalari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, ko‘p qavatli uylarning tom qismlaridan suv o‘tishi bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilib, tomchilarning oldi olindi. Olib borilgan ta’mirlash va mustahkamlash ishlari natijasida uy-joylarning texnik holati yaxshilanib, aholining yashash sharoitlari yanada qulaylashmoqda.
Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni hal etish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.




