Paxtakor tumanida “Yil sarhisobi” tadbiri o‘tkazildi
2025-12-23 17:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yil yakuniga bag‘ishlangan “Yil sarhisobi” tadbiri yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda tashkil etildi.
Mazkur tadbir xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning mehnatini e’tirof etish hamda yil davomida fidokorona faoliyat yuritgan ilg‘or ayollarni rag‘batlantirishga qaratildi. Tadbir davomida o‘zining tashabbuskorligi, mas’uliyati va samarali mehnati bilan ajralib turgan xotin-qizlar hamda soha vakillari munosib taqdirlandi.
🌸 Tadbirda yil davomida o‘zining fidokorona mehnati, tashabbuskorligi hamda faolligi bilan jamiyat hayotida munosib o‘rin egallagan xotin-qizlar va soha vakillari e’tirof etildi.
🏆 Quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi:
1️⃣ Yilning eng yaxshi oqila ayoli — Ochilova Sanoat Ergashevna
2️⃣ Yilning eng yaxshi tibbiyot xodimasi — To‘xtamisheva Saboxat Tursunovna
3️⃣ Yilning eng yaxshi buvijonlar harakati a’zosi — Sora Eshonqulova
4️⃣ Yilning eng yaxshi bilimdon qizi — Abulboqieva Odinaxon Ikrom qizi
5️⃣ Yilning eng yaxshi madaniyat xodimasi — Azizova Bonu Berdiyorovna
6️⃣ Yilning eng yaxshi sportchi ayoli — Azimova Nargiza Fagimovna
7️⃣ Yilning eng yaxshi kutubxona xodimasi — Maxammadaminova Zulfiya Anatolyevna
8️⃣ Yilning eng yaxshi ijtimoiy xodim — Yunusova Yulduz Azimovna
9️⃣ Yilning eng yaxshi xalq deputati — Mamanova Karomat Xolmonovna
🔟 Yilning eng yaxshi otryad rahbari — Toshbekova Manzura Qantibekovna
1️⃣1️⃣ Yilning eng yaxshi pillachi ayoli — Mardonova Salima Bo‘riboevna
1️⃣2️⃣ Yilning eng yaxshi mahalla xotin-qizlar faoli — Isroilova Nargiza Ibragimovna
1️⃣3️⃣ Yilning eng yaxshi xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faoli — Adilova Nigora Shukurillaevna
1️⃣4️⃣ Yilning eng yaxshi rahbar ayoli — Abulqosimova Jamila Mamirovna
1️⃣5️⃣ Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli — Qarshieva Gulchiroy Saidaxmatovna
🤝 Shuningdek, Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan doimiy va samarali hamkorlik qilib kelayotgan tashkilotlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularga minnatdorlik ramzi sifatida tashakkurnomalar topshirildi.
Shuningdek, yil davomida Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan doimiy va samarali hamkorlik qilib kelayotgan tashkilotlar ham alohida e’tirof etilib, ularga tashakkurnomalar taqdim etildi. Bu esa hamkorlikni yanada mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌺 Bunday e’tiroflar xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.









