Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Navbahor oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan faoliyat doirasida issiqlik tizimlarining texnik holati hamda ko‘mir zaxiralari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.
👤 Mazkur o‘rganish ishlari Paxtakor tumani hokimi Xusan Abduvoxidov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida amalga oshirildi. Jarayon davomida mavjud sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirilib, isitish tizimlarining barqaror ishlashi, yoqilg‘i zaxiralarining yetarliligi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
❄️🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun muassasalarda qulay sharoit yaratish doimiy e’tiborda.