"Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
2025-12-19 10:10:00 / Yangiliklar

Рaxtakor tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi va tuman FHDY bo‘limi tomonidan "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlar tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman Adliya bo‘limi, FHDY bo‘limi, Oqila ayollar harakati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi, yosh nikohlanuvchilar o‘qitildi.
Yosh nikohlanuvchilar oilaviy -huquqiy munosabatlar, oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oila mustahkamligi sirlari, muvaffaqiyatli ijtimoiylashish,oilalarda sog‘lom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida o‘qitildi va ularga sertifikatlar berildi.



