O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda sohaga oid me’yoriy hujjatlar ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida tashkilotlarda navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi
2025-12-18 17:00:00 / Yangiliklar

Mazkur o‘rganishlar Kadastr agentligi tuman bo‘limi, Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali hamda Tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlarida amalga oshirildi. Unda me’yoriy hujjatlar va elektron dasturlar orqali davlat tilida ish yuritish holatlari, shuningdek, binolardagi peshlavha va axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi tuman hokimining maslahatchisi A. Shukurov hamda tuman ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, tahlil etildi.
Jarayon yakunida ilg‘or tajribalar ijobiy baholanib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.


