Paxtakor tumanida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. 🌾
2025-12-13 15:00:00 / Yangiliklar

Tadbir Paxtakor tumani “TOJMAHAL” tantanalar maskanida bo‘lib o‘tdi hamda soha fidoyilariga yuksak ehtirom va hurmat ruhida o‘tkazildi. Bayram tadbiri davomida Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyevning qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarga yo‘llagan tabrigi onlayn tarzda namoyish etildi.
Shuningdek, Paxtakor tumani hokimi Xusan Abduvoxidov tadbir ishtirokchilarini samimiy tabriklab, qishloq xo‘jaligi sohasining tuman iqtisodiyoti va aholi farovonligini ta’minlashdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidladi.
Bayramda dehqon va fermerlarning, mexanizator va suvchilarning mashaqqatli mehnati e’tirof etilib, Viloyat hokimining esdalik sovg'alari o'z egalariga etkazilgan bo'lsa shubilan birga o‘zining fidokorona mehnati bilan ajralib turgan ilg‘or xodimlar Paxtakor tumani hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu e’tirof mehnat ahliga bo‘lgan ishonch va rag‘batning yorqin ifodasi bo‘ldi. Tadbir madaniy dastur bilan davom etib, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir mehnat ahliga bo‘lgan yuksak hurmatni namoyon etib, ularni kelgusidagi faoliyatiga yangi kuch va ilhom bag‘ishladi.









