Fidoyilar xalq xizmatida ⚡️
2025-12-12 15:30:00 / Yangiliklar

Sovuq kunlar davom etayotgan bir paytda, aholining har bir uyida yorug‘lik o‘chmasligi, issiqlik uzilmasligi uchun tunu kun xizmatda bo‘layotgan tuman Elektr tarmoqlari bo‘limi xodimlari — bugungi kunning haqiqiy qahramonlaridir.
Og‘ir ob-havo sharoitiga, sovuq shamol va muzlagan simyog‘ochlarga qaramay, ular elektr tarmog‘idagi nosozliklarni bartaraf etish, iste’molchilarga uzluksiz tok yetkazib berish uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib mehnat qilishmoqda.
Har bir xonadonda nur yonishi, har bir bolaga issiqlik yetib borishi — ularning fidokorona mehnati samarasidir.









