Paxtakor tumanida PQ–247-son qarori yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi
2025-12-11 17:00:00 / Yangiliklar

🟢 “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–247-son qarorining ijrosi doirasida tumanda ishlar
⬇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustda qabul qilingan
“Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–247-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzildi. Ushbu guruh tumanning barcha hududlarida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
📍 Ishchi guruh tomonidan mahallalarda, faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, qarorning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati va fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar batafsil tushuntirilmoqda.
📈 Tushuntirish ishlari doirasida quyidagi masalalar yoritilmoqda:
• Soddalashtirilgan ro‘yxatdan o‘tish tartibi,
• Soliq va moliyaviy yuklamalarni kamaytirish choralari,
• Davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari,
• Norasmiy mehnat bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni qonuniy faoliyatga jalb qilish,
• Paynet ilovasida “Xolis Xizmat” ishga tushirilganligi va uning qulayligi, ya’ni fuqarolar endi soliq, ro‘yxatdan o‘tish va boshqa huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlardan tezkor va onlayn tarzda foydalanish imkoniga ega.
📉 Ishchi guruh mahallalarda aholining bandlik holatini chuqur o‘rganib, yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslarga amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda. “Xolis Xizmat” ilovasi yordamida fuqarolar nafaqat huquqiy va moliyaviy masalalarda, balki davlat tomonidan taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
🪙 Ushbu tizimli ishlar kelgusida ham davom ettiriladi va tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining qonuniy bandligini ta’minlash hamda raqamli xizmatlardan keng foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.






