9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
2025-12-10 16:00:00 / Yangiliklar

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga, demokratiya va inson huquqlarining ustuvorligiga jiddiy putur yetkazadigan eng xavfli illatlardan biridir.
Paxtakor tuman Adliya bo‘limida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” doirasida eng iqtidorli va tashabbuskor o‘quvchi hamda o‘qituvchilar diplomlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
💡 Yosh avlodda halollik, adolat va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash — korrupsiyaga qarshi kurashning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.






