Paxtakorda "Ochiq eshiklar kuni"
2025-12-10 12:30:00 / Yangiliklar

📌Paxtakor tuman adliya bo'limida tumanning 2 va 9-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar” tadbiri tashkil etildi.
💡 Yoshlar dastlab bo'limda xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega boʻldilar.
✔️ Shundan so‘ng o'quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda adliya bo'limlari, DXM, FHDY, YuXKM ish faoliyati yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.
Shuningdek, o'quvchilar o'rtasida huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida huquqiy vektorina ham (test yechish) o'tkazildi! Bunday tadbirlarni o'tkazilishidan maqsad yoshlarda vatanparvarlik ruhishini yanada oshirish va ularni kelajak maqsadlariga eltishda bir uchqun vazifasini bajaradi desak mubolag'a bo'lmaydi.



