HUQUQIY TARG'IBOT
2025-12-10 09:35:00 / Yangiliklar

Paxtakor tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Aralov hamda Davlat xizmatlari markazi direktori T.Bektemirovlar tomonidan Paxtakor MFY hududidagi MMTBga qarashli 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Adliya vazirining 2025-yil 26-noyabrdagi 443-son buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularning huquq va manfaatlarini himoyalashga doir muhim tushunchalar berildi.
♻️ 9-dekabr — “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida korrupsion xatarlarni aniqlash, oldini olish hamda bartaraf etishga oid huquqiy tushuntirishlar ham taqdim etildi.



