Aliment to‘lamay yurgan 2 nafar shaxs qamoqqa olindi
2025-12-10 15:00:00 / Yangiliklar

Konstitutsiyamizga ko‘ra, ota-onalar farzandlarini voyaga yetguncha boqishi, ta’lim-tarbiyasi va sog‘lom kamol topishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Byuroning Paxtakor tuman bulimida Sud qarori asosida aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan 2 nafar qarzdorga nisbatan chora ko‘rildi. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va sud qarorlariga asosan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Bola — ota-ona qo‘lidagi muqaddas omonat. Farzandining ta’minoti va tarbiyasiga befarqlik qilish uning kelajagiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
