Xayrulla Xo‘jamovich Gaziyev Paxtakor tuman prokurori MUROJAATI
2025-12-05 16:00:00 / Yangiliklar

Hurmatli Paxtakor ahli!
So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich rahbarligida “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida hududlarni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashash sharoitlari hamda mahallalar qiyofasini tubdan yaxshilash, aholining muammolarni tezkorlik bilan hal etish, bir so‘z bilan aytganda, xalqni rozi qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, barcha idora va tashkilotlar hamda xalqimiz bilan birgalikda barcha sohalarda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, Paxtakor tuman prokuraturasi tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda korrupsiyani oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, ayrim fuqarolarimizning beparvoligi oqibatida o‘zlariga tegishli mol – mulklar, texnika vositalari, chorva mollari yoki uy atroflarini qarovsiz qoldirgani oqibatida o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgani ham ayni haqiqat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora - tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1-son qarori va mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini tuman prokurori shaxsan nazoratga olib, belgilangan mexanizmlarning to‘liq ishlashini ta’minlab kelmoqda.
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatilib, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi sub’yektlarning bu boradagi faoliyati o‘rganilib, tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Aziz Paxtakorliklar!
Albatta, tumanimizda jinoyatchilik va korrursiyaning oldini olishda, umuman barcha sohalarda qonuniylikni ta’minlashda, eng avvalo, mahalla ahli, yoshlar va nuroniy tashkilotlar faollariga, turli mehnat jamoalaridagi jonkuyar va vatanparvar insonlarga, ularning amaliy yordami va hamkorligiga tayanamiz.
Xayrulla Xo‘jamovich Gaziyev Paxtakor tuman prokurori.
2025 yil dekabr ma’ruzasi
