Oltinko‘l mahallasida yangi “Plyaj” dam olish maskani barpo etilmoqda
2025-12-02 15:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani Oltinko‘l mahallasi hududida yangidan tashkil etilayotgan “Plyaj” aholi dam olish maskanida zamonaviy ko‘rk beruvchi ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi – aholiga yoqimli hordiq chiqarish, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladigan, zamonaviy talablarga javob beruvchi maskan yaratishdir. Hozirda hududda qulay infratuzilma, xavfsiz plyaj zonalari, dam olish pavilyonlari hamda obodonlashtirilgan piyodalar yo‘laklari barpo etilmoqda.
Yangi “Plyaj” maskani ishga tushgach, oila va yoshlar uchun mazmunli vaqt o‘tkazish, tabiat bag‘rida hordiq chiqarish va sayyohlarni jalb etish uchun eng qulay hududlardan biriga aylanishi kutilmoqda.









