“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi”
2025-12-03 17:00:00 / Yangiliklar

📃 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Paxtakor tuman hokimligi tashabbusi bilan 150 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan shaxslar uchun “AFSONA” tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Paxtakor tumani hokimi Abduvohidov Husan Bo‘ltakovich, tuman prokurori G‘aziyev Xayrulla Xo‘jamovich, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Jizzax viloyat bo‘limi raisi A. Alimov, O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Paxtakor tuman bo‘linmasi raisi U. Qo‘shboqov va boshqalar ishtirok etdilar.
🔹 Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning hayoti uchun keng imkoniyat va qulay sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
▶️ Bugungi tadbir ham aynan shu ezgu maqsad – nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy ifodasidir. Shuningdek, ushbu tadbir yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir.
🔹 Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi ijrochilari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayramona ruh va ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga bayram sovg‘alari taqdim etildi.
Bundan tashqari, uyda yotib qolgan 50 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olinib, ularga ham homiylar tomonidan sovg‘alar yetkazildi.









