🌱 “TÖQSONBOSTI” — ERTAGI HOSIL VA MÖL-KÖLÇILIK GAROVI!
2026-11-20 11:00:00 / Yangiliklar

#Paxtaçi_tumani
#Qişloq_xöjaligi
#Töqsonbosti
#Oziq_ovqat_xavfsizligi
Paxtaçi tumanida aholini ertagi sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlaş, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş hamda bozorlarda narxlar barqarorligiga kömaklaşiş maqsadida “Töqsonbosti” usulida ekin yetiştiriş işlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🥕 Mazkur usulda sabzi, piyoz, oş lavlagi, kaşniç va petruşka kabi sovuqqa çidamli ekinlarni ekiş va parvarişlaş böyiça amaliy tadbirlar olib borilmoqda.
👨🌾 Şu maqsadda tuman Qişloq xöjaligi bölimi hamda Fermerlar kengashi hamkorligida agrofirmalar hududlaridagi fermer xöjaliklari va dehqonlar iştirokida amaliy seminarlar taşkil etilmoqda.
🌾 Seminarlarda ekinlarni maqbul muddatlarda ekiş, agrotexnik tadbirlarni töğri bajarış, tuproq namligini saqlaş va sovuqdan himoyalaş böyiça mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berilmoqda.
✅ Bunday amaliy seminarlar kelgusida ham davom ettirilib, fermer va dehqonlarga ertagi sabzavot mahsulotlarini yetiştirişda uslubiy kömak körsatib boriladi.
💚 Bugungi puxta parvariş — ertangi möl hosil, dasturxonlarimiz tökinligi va xalqimiz farovonligi garovi!
Biz👉https://myurls.co/paxtachi_tumani




