PAXTACHI TUMAN PROKURORINING MUROJAATI
2026-11-06 16:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

PAXTAÇI TUMANI PROKURORI MADJIDOV SUXROB NEMATULLAYEVIÇNING TUMANDA XAVFSIZ MUHITNI YARATIŞ, JINOYATÇILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLIŞ YUZASIDAN AHOLIGA PROFILAKTIK-OGOHLANTIRUVÇI MUROJAATI
Assalomu alaykum, hurmatli tumandoşlar, aziz Paxtaçi ahli va ijtimoiy tarmoq kuzatuvçilari!
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalarda keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Xususan, qonun ustuvorligini ta’minlaş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratış hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda jamiyatimiz tinçligi va osoyiştaligini ta’minlaş, oilalarimiz hamda farzandlarimiz xavfsizligini asraş har birimizning umumiy burchimizdir.
Ayniqsa, jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş, mahallalarda huquqbuzarliklarga sabab bölayotgan omillarni bartaraf etiş, şuningdek, kiberjinoyatlardan ogoh böliş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Şu maqsadda tumanimizdagi kriminogen vaziyat yuzasidan har oy yakunida aholiga profilaktik-ogohlantiruvçi murojaat bilan çiqib kelmoqdamiz.
Bugungi murojaatimda 2026-yil oktabr oyida Paxtaçi tumanida qayd etilgan jinoyatlar, ularning turlari, hududlar kesimidagi holat hamda jinoyatçilikning oldini olişda fuqarolarimizning örni haqida töxtalib ötmoqçiman.
Hurmatli tumandoşlar!
2026-yilning oktabr oyida tumanimiz hududida jami 70 ta jinoyat röyxatga olingan.
Hisobot davrida qayd etilgan jinoyatlar tarkibi quyidagiça:
-
23 ta — firibgarlik;
-
20 ta — oğirlik;
-
13 ta — transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanış xavfsizligi qoidalarini buziş;
-
3 ta — qasddan badanga yengil şikast yetkaziş;
-
2 ta — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxslarni moddiy ta’minlaşdan böyin tovlaş;
-
2 ta — foydali qazilmalarni oltin izlovçilar usulida ruxsatnomasiz qazib oliş;
-
1 ta — oilaviy (maişiy) zöravonlik;
-
1 ta — voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş;
-
1 ta — transport vositasini mastlik holatida boşqariş yoki tegişli tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaş;
-
1 ta — giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan boğliq jinoyat;
-
3 ta — boşqa turdagi jinoyatlar.
Uşbu jinoyatlarning 30 tasi oldini oliş lozim bölgan, 10 tasi aniqlanadigan, 30 tasi esa kiberjinoyatlar sifatida tasniflangan.
Bu raqamlar jinoyatçilikning oldini olişda, ayniqsa, mulkiy jinoyatlar, firibgarlik va axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarşi profilaktik işlarni kuçaytiriş zarurligini körsatmoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Tumanimizda jinoyatçilikning hududiy tahlili ham muntazam olib borilmoqda.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlar Boltali, Burqut, Dabusqal’a, Yobu, Jahonobod, Jona, Zarafşon, İstiqlol, Qirguli, Mirzo Nodim, Mirkan, Obodon, Sardoba, Saroy, Suluvqörğon, Toşköprik, Ukraş, Fay va Hayit Elbegi mahallalarida qayd etilgan.
Mazkur holatlar har bir mahallada jinoyatçilikning kelib çiqiş sabablari va unga imkon yaratayotgan şart-şaroitlarni çuqur örganiş, profilaktik tadbirlarni manzilli taşkil etiş hamda aholi bilan bevosita muloqotni kuçaytiriş zarurligini anglatadi.
Şu örinda alohida ta’kidlaş joizki, jinoyat sodir etilganidan keyin uning oqibatlarini bartaraf etişdan köra, huquqbuzarlikning barvaqt oldini oliş muhimroqdir.
Buning uçun mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, ta’lim muassasalari, ota-onalar va keng jamoatçilikning hamkorligi zarur.
Aziz tumandoşlar!
Bugungi kunda barchamizni jiddiy ogohlikka çaqirayotgan masalalardan biri — kiberjinoyatçilik va internet firibgarligidir.
Hisobot davrida qayd etilgan jinoyatlarning 30 tasi kiberjinoyatlar sifatida tasniflangani bu yönalişda profilaktik işlarni yanada kuçaytiriş zarurligini körsatadi.
Firibgarlar telefon qönğiroqlari, soxta SMS xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi yolğon e’lonlar, şubhali havolalar va işonçsiz mobil ilovalar orqali fuqarolarning işonçidan foydalanishga urinmoqda.
Ayniqsa, özini bank xodimi yoki boşqa rasmiy taşkilot vakili sifatida taniştirib, fuqarolardan bank kartasi ma’lumotlari va maxfiy tasdiqlaş kodlarini sörab oliş holatlari katta xavf tuğdiradi.
“Hisobingiz bloklandi”, “Siz yutuq yutdingiz”, “Kartangizni faollaştiriş kerak” kabi xabarlar ham firibgarlik usullaridan bölişi mumkin.
Şu munosabat bilan barça fuqarolarimizni quyidagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişga çaqiraman.
Birinçidan, bank kartangizning PIN-kodi, CVV/CVC kodi, mobil bank ilovasi parollari va SMS orqali keladigan tasdiqlaş kodlarini heç kimga bermang.
İkkinçidan, noma’lum havolalarga kirmang, şubhali e’lonlarga işonmang va işonçsiz manbalardan mobil ilovalar, ayniqsa, APK fayllarni yuklab olmang.
Uçinçidan, internet orqali pul ötkazişdan oldin oluvçi haqidagi ma’lumotlarni tekşiring. Özini bank xodimi deb taniştirgan noma’lum şaxslarning körsatmalariga kör-körona amal qilmang.
Törtinçidan, farzandlaringizning telefon va internetdan foydalanışiga e’tiborli böling. Ularga şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş, begona şaxslar bilan ehtiyotkorlik bilan muloqot qiliş va internetdagi xavflarni taniş qoidalarini tuşuntiring.
Beşinçidan, şubhali holatga duç kelsangiz yoki firibgarlik alomatlarini sezsangiz, darhol 102 yoki 112 raqamlariga murojaat qiling.
Unutmang, bir lahzalik beparvolik yillar davomida yiğilgan mablağingizdan ayrilişingizga sabab bölişi mumkin.
Şu bois, internet va mobil texnologiyalardan foydalanışda doimo ogoh va ehtiyotkor bölişingizni sörayman.
Hurmatli tumandoşlar!
Jinoyatçilikka qarşi kuraş faqatgina prokuratura, içki işlar organlari yoki boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralarning vazifasi emas.
Bu — har bir fuqaroning hüşyorligi, mas’uliyati va jamiyatda sodir bölayotgan voqea-hodisalarga befarq bölmasligiga boğliq umumiy vazifadir.
Ayniqsa, oilalarda soğlom ma’naviy muhitni yaratış, yoşlarning boş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni ta’lim, kasb-hunar va foydali maşğulotlarga jalb qiliş jinoyatçilik profilaktikasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ota-onalar farzandlarining kimlar bilan muloqot qilayotgani, qayerda va qanday vaqt ötkazayotgani, internetdan qanday maqsadlarda foydalanayotganiga e’tibor qaratışlari zarur.
Şuningdek, fuqarolarimizdan uy-joylari, transport vositalari va boşqa mol-mulklarining xavfsizligiga befarq bölmasliklarini, şubhali holatlar haqida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga öz vaqtida xabar berişlarini söraymiz.
Aziz Paxtaçi ahli!
Barchamiz bir haqiqatni çuqur anglaşimiz lozim: xavfsiz mahalla — tinç oila, tinç oila esa farovon jamiyat poydevoridir.
Tuman prokuraturasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar, mas’ul taşkilotlar va mahalla faollari bilan hamkorlikda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularning kelib çiqiş sabablarini bartaraf etiş hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan işlar davom ettiriladi.
Murojaatim yakunida barchangizni hüşyorlikka, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bölişga, huquqbuzarliklarga murosasiz yondaşişga hamda yurtimiz tinçligi va osoyiştaligini birgalikda asraşga çaqiraman.
Unutmang, jinoyatçilikning oldini oliş — barchamizning umumiy burchimiz!
E’tiboringiz uçun rahmat!
Madjidov Suxrob Nematullayeviç
Paxtaçi tumani prokurori
