PAXTAÇI TUMANI İÇKI İŞLAR BÖLIMI BOŞLIĞINING PROFILAKTIK-OGOHLANTIRUVÇI MUROJAATI
2026-11-05 09:05:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Mavzu: 2026-yil oktabr oyida tumandagi kriminogen vaziyat, jinoyatçilikning oldini oliş va mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlaş borasida amalga oşirilgan işlar
Assalomu alaykum, hurmatli tumandoşlar, aziz paxtaçiliklar!
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratış, huquqbuzarlik va jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş, şuningdek, içki işlar organlari faoliyati samaradorligini oşiriş yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida tumanimizdagi kriminogen vaziyat böyiça har oy yakunida profilaktik-ogohlantiruvçi murojaat bilan çiqib kelmoqdamiz.
Bugungi murojaatimda 2026-yil oktabr oyi davomida tumanimizda jinoyatçilikning oldini oliş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş hamda mahallalarda osoyiş talikni mustahkamlaş borasida amalga oşirilgan işlar haqida qisqaça töxtalib ötmoqçiman.
Hurmatli yurtdoşlar!
Olib borilgan profilaktik va tezkor çora-tadbirlar natijasida oktabr oyi davomida tuman hududida oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlarning ayrim turlari, jumladan, qotillik, oğir tan jarohati yetkaziş, bosqinçilik va oilaviy zöravonlik bilan boğliq jinoyatlar sodir etilişiga yöl qöyilmadi.
Şuningdek, içki işlar organlari xodimlari taşabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar salmoği ötgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizga yaxşilandi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratışga qaratilgan tadbirlar natijasida oktabr oyida tumanimizdagi 51 ta mahallaning 20 tasida jinoyat sodir etilişi qayd etilmadi.
Bu körsatkiçlar profilaktik tadbirlarni izçil davom ettiriş, har bir mahalladagi kriminogen vaziyatni doimiy tahlil qilib boriş va huquqbuzarliklarning sabab hamda şart-şaroitlarini barvaqt bartaraf etiş zarurligini körsatadi.
Aziz fuqarolar!
Oktabr oyi davomida ötkazilgan tezkor tadbirlar doirasida 44 ta tintuv tadbiri amalga oşirildi.
Kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatuvçi hamda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan boğliq faoliyatda gumon qilingan 13 nafar şaxsga nisbatan tezkor tadbirlar ötkazildi. Jami 7 nafar şaxsga nisbatan qamoqqa oliş çorasi qöllanildi.
Ötkazilgan tadbirlar davomida:
-
4 ta giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyat;
-
1 ta qoşmaçilik jinoyati;
-
9 ta foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz, oltin izlovçilar usulida qazib oliş holati;
-
1 ta noqonuniy qurol saqlaş jinoyati aniqlandi.
Bundan taşqari, qidiruvda bölgan 5 nafar şaxs qölga olindi.
Muqaddam sudlangan hamda qonunçilikda belgilangan mezonlarga mos keluvçi 7 nafar şaxsga nisbatan ma’muriy nazorat örnatildi.
Hurmatli ota-onalar va mahalla faollari!
Voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolişi, ularning tungi vaqtlarda köngiloçar maskanlarda bölişi turli huquqbuzarliklar kelib çiqişiga sabab bölişi mumkin.
Oktabr oyida tungi vaqtda voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar kuzatuvisiz köngiloçar joylarda bölişiga yöl qöygan 64 nafar şaxsga nisbatan ma’muriy çoralar körildi.
Şu bois barcha ota-onalarni farzandlarining boş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning yurış-turişi va doimiy maşğulotlariga e’tiborli bölişga çaqiraman.
Aziz paxtaçiliklar!
Mulk daxlsizligini ta’minlaş va oğirlik jinoyatlarining oldini oliş ham faoliyatimizdagi muhim yönalişlardan biridir.
Ötkazilgan örganişlar davomida avtomobillarini oçiq holda qoldirgan, velosiped, aravaça va boşqa şaxsiy mulklarini qarovsiz qoldiriş holatlariga yöl qöygan 297 nafar fuqaro bilan profilaktik tuşuntiriş işlari olib borildi.
Tahlillarga köra, mahallalarda sodir etilgan oğirlik jinoyatlarining 31 foizi buyumlar va çorva mollarining qarovsiz qoldirilişi, 34 foizi esa xonadonlar va savdo dökonlari bilan boğliq.
Şu sababli fuqarolarimizga xonadonlar, savdo dökonlari va boşqa obyektlarda xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş, zarur hollarda ularni qöriqlaş pultiga ulaş hamda zamonaviy videokuzatuv kameralaridan foydalanışni tavsiya etamiz.
Hozirgi kunda tumanimizda 27 ta turli obyekt ulanib, 68 ta xonadonlar Qöriqlaş bölinmasi tomonidan qöriqlovga olingan.
Mulkni işonçli himoya qiliş nafaqat oğirlikning oldini oliş, balki fuqarolarning xotirjamligini ta’minlaşda ham muhim ahamiyatga ega.
Hurmatli tumandoşlar!
Yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqçiman.
Joriy yilning 1-noyabridan 1-dekabriga qadar respublikamiz miqyosida “Xavfsiz va soğlom yurt” maxsus profilaktik tadbirining uçinçi bosqiçi ötkazilmoqda.
Mazkur tadbir doirasida mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş, voyaga yetmaganlar va yoşlarni turli salbiy ta’sirlardan himoya qiliş, şuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oşirişga qaratilgan keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda.
Bu borada içki işlar organlari tomonidan hamkor taşkilotlar bilan birgalikda zarur çora-tadbirlar rejalaştirilib, aniq vazifalar belgilab olingan.
Albatta, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratış faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning emas, balki har bir fuqaro, ota-ona, mahalla faoli va keng jamoatçilikning ham mas’uliyatli vazifasidir.
Ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoşlarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalaş, ularning boş vaqtini mazmunli taşkil etiş, bandligini ta’minlaş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda barchamizning hamkorligimiz muhim.
Qadrli yurtdoşlar!
Murojaatim yakunida barchangizni yana bir bor ogohlikka çaqiraman.
Öz xonadoningiz, oila a’zolaringiz va şaxsiy mulkingiz xavfsizligiga befarq bölmang. Farzandlaringiz tarbiyasiga e’tibor qarating. Atrofingizda sodir bölayotgan şubhali holatlar yoki huquqbuzarliklar haqida tegişli organlarga öz vaqtida xabar bering.
Unutmang, jinoyatçilikka qarşi kuraşişda eng samarali yöl — uning sodir etilişiga imkon beruvçi sabab va şaroitlarni barvaqt bartaraf etişdir.
Öz oilamizni, öz mahallamizni, öz tumanimizni özimiz asraylik, aziz fuqarolar!
E’tiboringiz uçun rahmat!
