⚠️ RUXSAT ETILMAGAN JOYLARGA REKLAMA JOYLAŞTIRMANG!
2026-10-30 16:00:00 / Yangiliklar

#Ogohlantiriş
#Davlat_tili
#Reklama_qonunçiliği
📍 Paxtaçi tumani hokimligi işçi guruhi tomonidan tuman hududlarida taşqi reklama vositalarining joylaştirilışi, ularda davlat tili me’yorlariga rioya etilişi, ma’naviy muhit holati hamda noqonuniy savdo faoliyati bilan boğliq masalalar örganildi.
🔎 Örganiş davomida reklama matnlarining imlo, uslub va adabiy til qoidalariga muvofiqligi, şuningdek, reklama vositalarining belgilangan tartibda joylaştirilgani tahlil qilindi.
Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan tegişli tavsiyalar berilib, qoidabuzarlikka yöl qöygan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda ogohlantirişlar berildi.
📢 HURMATLI TADBIRKORLAR!
Mahsulot va xizmatlaringizni reklama qilişda Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama töğrisida”gi qonunlari talablariga qat’iy rioya etişingizni söraymiz.
❗ Şuni unutmang:
🔹 Taşqi reklama vositalarini faqat belgilangan tartib va talablarga muvofiq joylaştiring.
🔹 Reklama matnlarida davlat tili, imlo va adabiy til me’yorlariga amal qiling.
🔹 Ruxsat talab etiladigan hollarda tegişli ruxsatni rasmiylaştirmasdan reklama konstruksiyalarini örnatmang.
🔹 Köçalar, bino va inşootlar hamda jamoat joylarida reklama vositalarini tartibsiz joylaştirişga yöl qöymang.
⚖️ Qonunçilik talablarini buzgan holda taşqi reklama vositalarini örnatiş belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişi mumkin.
📌 Davlat tiliga hurmat, qonunçilikka rioya va reklama madaniyati — har bir tadbirkorning mas’uliyatidir!







