⚠️ PAXTAÇI TUMANI FAVQULODDA VAZIYATLAR BÖLIMI OGOHLANTIRADI: IS GAZIDAN EHTIYOT BÖLING!
2026-10-30 15:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

#Brifing
#Ogohlik
🔥 Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalanışning ortişi bilan is gazidan zaharlaniş, gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi va yonğin çiqişi xavfi ham kuçayadi.
Paxtaçi tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi fuqarolarni gaz va isitiş uskunalaridan foydalanışda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etişga çaqiradi.
❗ IS GAZI NIMA UÇUN XAVFLI?
Is gazi (CO) — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. U tabiiy gaz, kömir, ötin va başqa yoqilğilar töliq yonmaganda hosil böladi.
Is gazi inson organizmiga nafas orqali kirib, qonda kislorod taşilişini buzadi va oğir zaharlanişga sabab bölişi mumkin.
🚨 ZAHARLANIŞNING ASOSIY BELGILARI:
🔸 Boş oğriği va aylanişi;
🔸 Köngil aynişi va qusiş;
🔸 Holsizlik va tez çarçaş;
🔸 Nafas olişning qiyinlaşişi;
🔸 Yurak urișining tezlaşişi;
🔸 Hușdan ketiş.
🛡 XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
✅ Gaz plitalaridan xonani isitiş maqsadida foydalanmang.
✅ Isitiş peçlari, möri va ventilyatsiya tizimlarini muntazam tekşirtiring.
✅ Gaz uskunalarini yoqilgan holatda nazoratsiz qoldirmang.
✅ Gaz jihozlarini özboşimçalik bilan ta’mirlamang yoki qayta jihozlamang.
✅ Yopiq xonalarda mangal, kömir va ötin yoqib, isinişga urinmang.
✅ Xonadonlarga is gazini aniqlovçi detektorlar örnating.
🆘 IS GAZIDAN ZAHARLANIŞGA ŞUBHA BÖLSA:
🔹 Darhol toza havoga çiqing va başqalarni ham xavfsiz joyga olib çiqing.
🔹 Xavfsiz joydan 103 yoki 112 raqamiga qönğiroq qiling.
🔹 Xavfli xonaga qayta kirmang, mutaxassislar kelişini kuting.
📢 HURMATLI FUQAROLAR!
Kuz-qiş mavsumida har bir xonadon, ta’lim va tibbiyot muassasasi hamda boshqa obyektlarda isitiş uskunalarining sozligi va xavfsizligini ta’minlaş muhimdir.
Unutmang! Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş — ularning oqibatlarini bartaraf etişdan osonroq.
❤️ ÖZINGIZNI VA YAQINLARINGIZNI ASRANG!
Paxtaçi tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi
