👴👵 UCH AVLOD — BIR MAQSAD: JINOYATGA O‘RIN YO‘Q!
2026-10-09 15:55:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanida “Keksalar haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
📍 Tumandagi 1-son texnikumda “Biz bor joyda — jinoyatga o‘rin yo‘q!” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
🤝 Tadbirda nuroniylar, ustozlar va o‘quvchi-yoshlar bir davrada jam bo‘lib, yoshlar tarbiyasi, milliy qadriyatlar, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni mustahkamlash masalalarida fikr almashdilar.
🎙 Uchrashuvda so‘zga chiqdilar:
🔹 Tursunmurod Boltayev — Keshtali mahallasi nuroniysi;
🔹 Azamat To‘raqulov — Sh. Nazarov mahallasi nuroniysi;
🔹 Adolat Hamroyeva — “Buvijonlar maktabi” a’zosi;
🔹 Abdurashid Nomozov — mahalliy shoir.
💬 So‘zga chiqqanlar o‘z hayotiy tajribalari asosida yoshlarga odob-axloq, qonunlarga hurmat, kattalarga ehtirom va jamiyat oldidagi mas’uliyat haqida samimiy o‘gitlar berdilar.
Shuningdek, yoshlarni jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan asrashda oila, mahalla hamda ta’lim muassasalarining hamkorligi muhimligi alohida ta’kidlandi.
🌿 Uch avlod uchrashuvi — hayotiy tajriba, ezgu qadriyatlar va yoshlar kelajagini birlashtiruvchi ma’naviyat ko‘prigidir.
📌 Nuroniylar o‘giti — yoshlar uchun ibrat, tinch va osoyishta jamiyat uchun mustahkam tayanch!







