🛣 ZARAFSHON MAHALLASIDA 3,2 KILOMETR YO‘L ASFALTLANDI!
2026-10-09 14:00:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
📍 Tumanning Zarafshon mahallasidagi Orzu va Halovat ko‘chalarini asfaltlash bo‘yicha ilgari surilgan loyiha 2026-yilgi “Tashabbusli budjet” dasturining birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan edi.
Mazkur loyiha doirasida “NURLI ZAMIN QURILISH” MCHJ tomonidan asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
📊 Loyiha raqamlarda:
✅ 3 184 metr — asfaltlangan yo‘l uzunligi;
✅ 1 milliard 648 million so‘m — loyiha qiymati;
✅ 2 ta ko‘cha — Orzu va Halovat ko‘chalari.
🚧 Qisqa muddatda bajarilgan bunyodkorlik ishlari natijasida mahalla aholisining kundalik harakatlanishi uchun yanada qulay sharoit yaratildi.
😊 Yangilangan yo‘llardan mamnun bo‘lgan mahalla aholisi ushbu tashabbusning amalga oshirilishiga hissa qo‘shganlarga o‘z minnatdorligini bildirmoqda.
📌 “Tashabbusli budjet” — aholi tashabbusi bilan mahallalar qiyofasini o‘zgartirayotgan amaliy imkoniyat!
🌿 Ravon yo‘llar — obod mahalla, farovon hayot sari yana bir qadam!





