🚒 PAXTACHI BOZORLARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
2026-10-09 17:00:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanidagi bozorlarda yong‘inlarning oldini olish, savdo hududlarida xavfsiz muhitni ta’minlash hamda bozor ma’muriyatlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
🔥 Tadbirlar davomida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan:
🔹 Yong‘in o‘chirish avtomobillarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilayotgan noqonuniy o‘rnatilgan savdo rastalari olib tashlanmoqda.
🔹 Soyabon sifatida foydalanilayotgan tez yonuvchi matolar bartaraf etilmoqda.
🔹 Elektr simlari va kabellari tartibga keltirilib, yong‘in xavfini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan holatlar bartaraf etilmoqda.
⚠️ Shuningdek, bozor ma’muriyatlari va tadbirkorlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda savdo hududlarida xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
📌 Bozorlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettiriladi.
🚨 Yong‘in xavfsizligi — barchamizning mas’uliyatimiz!









