📚 Milliy qadriyatlar — buvijonlar nigohida
2026-10-07 15:00:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani Axborot-kutubxona markazining Oqtepa qishloq axborot-kutubxonasida “Milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz buvijonlar nigohida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir Paxtachi tumani “Buvijonlar maktabi” rahbari G. Rasulova hamkorligida tashkil etilib, unda Oqtepa, Saroy, Amirobod, Mojor va Bo‘ston mahallalarining nuroniylari, “Buvijonlar maktabi” faollari hamda 11-sonli maktabning yuqori sinf o‘quvchi-qizlari va iste’dodli yoshlari ishtirok etdi.
👵📖 Samimiy muloqot davomida buvijonlar yoshlarga milliy urf-odat va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, kitobxonlikka mehr qo‘yish, kiyinish va muomala madaniyati, odob-axloq hamda telefondan oqilona foydalanish borasida hayotiy o‘git va pand-nasihatlarini berdilar.
💃 Tadbirga yosh iste’dodlarning raqs chiqishlari, nuroniy onaxonlarning dil so‘zlari va she’rxonliklari yanada fayz bag‘ishladi.
🎁 Tadbir yakunida G. Rasulova kutubxonaga kitoblar sovg‘a qildi.
🌿 Buvijonlar o‘giti — avlodlarni bog‘lovchi ma’naviyat ko‘prigi. Milliy qadriyatlarimiz esa yoshlar tarbiyasining mustahkam poydevoridir.








