📣 Qo'shhovuz mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-09-23 08:35:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani 1-sektor rahbari, tuman hokimi Qayum Xushbakov tomonidan sektor hududidagi Qo'shhovuz mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolarning ichimlik suvi, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash, yoshlar uchun sport maydonchasi qurish hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
🔍 Murojaatlarning har biri joyiga chiqqan holda o‘rganilib, muammolarni imkon qadar qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
📋 Murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, ularning yakuniy natijasi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
🌿 Xalq murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida!
Biz👉https://myurls.co/paxtachi_tumani





