🔹 YASHIRIN IQTISODIYOTGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-09-22 08:15:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani prokurori va tuman hokimi ishtirokida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda hududlarda faoliyat olib borayotgan mas’ullar qatnashdi.
Yig‘ilishda tumanda yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish, noqonuniy faoliyatni qisqartirish, soliq bazasini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyat yuritishga yo‘naltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga nazoratni yanada kuchaytirish, muammolarni mahallalar kesimida chuqur o‘rganish va aniq tahlillar asosida manzilli choralar ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Biz👉https://myurls.co/paxtachi_tumani






