🏫 Maktablar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
2026-09-19 14:50:00 / Yangiliklar

Bugun 19-sentabr kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Kattaqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda 20 nafar maktab direktori tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarga 13-maktabda ta’lim sifatini oshirish, xususan, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari, o‘quvchilar davomatini ta’minlash, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish va ulardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida maktab faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr va tajribalar almashildi.
🤝 Tajriba almashinuvi — ta’lim sifatini oshirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishning muhim omilidir.
Paxtachi tumani 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
MMIBDO‘ — X. Ibragimov
Maktab maslahatchisi — D. Turniyazova








