⚖️ Oliy sud Plenumi qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi
2026-09-17 15:55:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani “Jahonobod” MFYda Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudi raisi A. Xolboev hamda tuman sudining tergov sudyasi D. Eshmatov ishtirokida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda tuman prokuraturasi va Ichki ishlar bo‘limi xodimlari, shuningdek, hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etdilar.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2026-yil 3-iyuldagi quyidagi qarorlarining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati ishtirokchilarga tushuntirildi:
🔹 18-sonli qaror — “Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ishlarni ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”;
🔹 19-sonli qaror — “Fuqarolik ishlari bo‘yicha, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida”;
🔹 20-sonli qaror — “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”.
Tadbirda mazkur hujjatlarda belgilangan normalarning amaliyotda qo‘llanilishi, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy izohlar berilib, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlikni oshirish muhimligi ta’kidlandi.
⚖️ Huquqiy bilim va xabardorlik — qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim omilidir.


