Brifing: YOSHLAR BILAN ISHLASHNING HOLATI, IQTIDORLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR
2026-09-14 14:35:00 / Matbuot anjumanlari

YOSHLAR BILAN ISHLASHNING HOLATI, IQTIDORLI YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR
Paxtachi tumanida yoshlar siyosati sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga manzilli yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda Paxtachi tumanida 51 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularda 0–30 yoshdagi 73 587 nafar yosh istiqomat qiladi. Shundan 14–30 yoshdagi yoshlar soni 38 139 nafarni tashkil etadi.
Yoshlar balansi
“Yoshlar balansi” asosida 14–30 yoshdagi 38 139 nafar yoshning:
-
34 449 nafari (90,3 foiz) — “yashil”;
-
3 423 nafari (9 foiz) — “sariq”;
-
501 nafari (1,3 foiz) — “qizil” toifaga kiritilgan.
1. Ishsiz yoshlar bilan ishlash
Yoshlar balansi asosida 294 nafar ishsiz yosh aniqlanib, ular 23 nafar rahbarga nomma-nom biriktirildi hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha individual bandlik dasturlari ishlab chiqildi.
Bugungi kunga qadar 293 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.
Jumladan:
-
185 nafar yosh doimiy ishga joylashtirildi;
-
8 nafar yoshga tadbirkorlik uchun kredit ajratildi;
-
26 nafar yosh o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi;
-
19 nafar yosh kasb-hunar va zamonaviy kasblarga o‘qitildi;
-
1 nafar yoshga ekin yer maydoni ajratildi;
-
28 nafar yoshga asbob-uskunalar ajratildi;
-
12 nafar yosh tartibli mehnat migratsiyasiga yuborildi;
-
12 nafar yosh muddatli harbiy xizmatga yuborildi;
-
2 nafar yosh ta’limga jalb qilindi.
2. Otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash
Tumanda tarbiyasi og‘ir, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 207 nafar yosh huquq-tartibot, mudofaa organlari hamda tuman rahbarlariga nomma-nom otaliqqa biriktirildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish maqsadida viloyat va tuman darajasida mas’ullardan iborat shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan:
-
Ichki ishlar tizimida 16 nafar mas’ulga 150 nafar yosh;
-
Favqulodda vaziyatlar tizimida 3 nafar mas’ulga 21 nafar yosh;
-
Prokuratura tizimida 2 nafar mas’ulga 14 nafar yosh;
-
Hokimlik tizimida 1 nafar mas’ulga 22 nafar yosh biriktirildi.
Otaliqqa olingan 207 nafar yoshning barchasi bilan mas’ullar tomonidan uchrashuvlar o‘tkazilib, muammolarini hal etishga qaratilgan individual dasturlar ishlab chiqildi.
Amaliy ishlar natijasida 203 nafar yosh (98,6 foiz) bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi.
Xususan:
-
48 nafar yosh probatsiya va profilaktika hisobidan chiqarildi;
-
40 nafar yoshning xulq-atvori ijobiy tomonga o‘zgardi;
-
113 nafar yosh doimiy ishga joylashtirildi;
-
2 nafar yoshga boshqa yo‘nalishlarda yordam ko‘rsatildi.
3. Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik holati
2025-yilda tumanda yoshlar tomonidan 59 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ularda 61 nafar yosh ishtirok etgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 10,6 foizga, ya’ni 7 taga kamaygan.
2026-yilning 6 oyi davomida 10 nafar yosh tomonidan 9 ta jinoyat sodir etilgan.
2025-yilning shu davrida esa 11 nafar yosh tomonidan 14 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, jinoyatlar soni 35,7 foizga kamaygan.
4. Harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar
Tumanda harbiy xizmatdan qaytgan 116 nafar yosh tuman rahbarlariga biriktirilgan.
Bugungi kunda ularning 114 nafari (98 foiz) bandligi ta’minlangan.
Jumladan:
-
20 nafar yosh doimiy ishga joylashtirildi;
-
2 nafar yoshga tadbirkorlik uchun kredit ajratildi;
-
2 nafar yosh tartibli mehnat migratsiyasiga yuborildi;
-
1 nafar yoshga ekin yer maydoni ajratildi;
-
18 nafar yosh harbiy xizmatni shartnoma asosida davom ettirmoqda;
-
5 nafar yoshga asbob-uskunalar ajratildi;
-
4 nafar yosh IIB, Milliy gvardiya, FVB va DXX organlariga ishga joylashtirildi;
-
13 nafar yosh o‘zini o‘zi band qildi;
-
15 nafar yosh kasb-hunar va zamonaviy kasblarga o‘qitildi;
-
34 nafar yosh ta’limga jalb qilindi.
5. Jangovar sport bilan shug‘ullanuvchi ishsiz yoshlar
Tumanda jangovar sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yoshlar xatlovidan so‘ng 12 nafar ishsiz yosh aniqlangan.
Bugungi kunga qadar ularning 9 nafari bandligi ta’minlandi.
Jumladan:
-
Eshdavlatov Abror Zafarovichga dehqon xo‘jaligi uchun yer maydoni ajratildi;
-
Abdurasulov Og‘abek Elyorovich avtoservislardan biriga ishga joylashtirildi;
-
Abduhakimov Shohruh Abrorovich va Boboholov Tohirbek Oybekovich oliy ta’limga qabul qilindi;
-
Mamarasulov Suxrob Abdusamad o‘g‘li, Yuldoshev Jonuzoq Baxtiyorovich, Nasriddinov Elbek Shahobiddinovich va Karimov Diyorbek Bo‘rxonovich o‘zini o‘zi band qilgan;
-
Utkirov Umidjon O‘ktam o‘g‘li oliy ta’limga kirish uchun milliy sertifikat oldi.
6. Maktab bitiruvchilari
Joriy yilda Paxtachi tumanidagi umumta’lim maktablarini 1 555 nafar o‘quvchi bitirdi.
Shundan:
-
70 nafari oltin medal;
-
13 nafari kumush medal bilan taqdirlandi;
-
18 nafar bitiruvchi muddatidan avval 189 ballik natijani qo‘lga kiritib, OTM talabasi bo‘ldi;
-
65 nafar yosh xorijiy til bilish sertifikatlarini;
-
165 nafar bitiruvchi milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 21-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Eshboev Nodir Fayzullaevich AQShning University of Minnesota universitetiga, 32-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Rustamov Navro‘z Omonovich esa AQShning Princeton University universitetiga o‘qishga qabul qilindi.
Bu yilgi 1 555 nafar bitiruvchining 1 512 nafari, ya’ni 97,2 foizi oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirdi.
7. Oliy ta’lim bitiruvchilarining bandligi
Joriy yilda tumanda jami 1 382 nafar yosh oliy ta’lim muassasalarini tamomladi.
Ularning:
-
542 nafari davlat va xususiy sektorga doimiy ishga joylashtirildi;
-
363 nafari o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik uchun kredit olish va boshqa yo‘nalishlarga jalb qilindi;
-
477 nafari rahbarlarga biriktirilib, bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar tashkil etildi.
8. Yoshlarga ajratilgan kreditlar
2026-yilning birinchi yarim yilligida tuman tijorat banklari tomonidan 18–30 yoshdagi 855 nafar yoshga 20,6 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Jumladan:
-
Oilaviy tadbirkorlik dasturi — 362 nafar yoshga 6,0 mlrd so‘m;
-
PQ-60 bo‘yicha — 2 nafar yoshga 136 mln so‘m;
-
“Biznesga birinchi qadam” dasturi — 137 nafar yoshga 3,8 mlrd so‘m;
-
Banklarning kredit liniyalari bo‘yicha — 323 nafar yoshga 7,9 mlrd so‘m.
Ajratilgan kredit mablag‘laridan samarali foydalanish natijasida 703 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Shuningdek:
-
33 nafar yoshga 165 mln so‘m ta’lim krediti;
-
10 nafar yosh oilaga 1,6 mlrd so‘m ipoteka krediti ajratildi.
9. “Yoshlar daftari”
2026-yilda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali 15 nafar yosh ariza topshirdi va ularning barchasi ro‘yxatga qabul qilindi.
Shundan 15 nafar oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yoshga kontrakt to‘lovi uchun jami 30 mln so‘m mablag‘ to‘lab berildi.
10. Yoshlarga ajratilgan dehqon xo‘jaligi yerlari
Tumanda 1 443 nafar yoshga 432,9 gektar yer maydoni ajratilgan.
Bugungi kunda yoshlar ushbu yer maydonlaridan samarali foydalanib, daromad topmoqda.
11. Migratsiyadagi yoshlar
Bugungi kunda tumandan xorijiy davlatlarga migratsiyaga ketgan 455 nafar yosh mavjud.
Shundan:
-
396 nafari ishlash maqsadida;
-
59 nafari ta’lim olish maqsadida xorijga chiqqan.
Xorijda ishlayotgan yoshlar:
-
Rossiya — 271 nafar;
-
Turkiya — 63 nafar;
-
Koreya — 22 nafar;
-
Qozog‘iston — 14 nafar;
-
AQSh — 6 nafar;
-
Germaniya — 4 nafar;
-
Angliya — 3 nafar;
-
BAA — 2 nafar;
-
boshqa davlatlarda — 11 nafar.
Xorijda ta’lim olayotgan yoshlar:
-
Rossiya — 24 nafar;
-
Koreya — 12 nafar;
-
Turkiya — 6 nafar;
-
Germaniya — 7 nafar;
-
AQSh — 2 nafar;
-
Kanada — 2 nafar;
-
Angliya — 1 nafar;
-
boshqa davlatlarda — 6 nafar.
12. “Besh tashabbus olimpiadasi”
2026-yil yanvar–iyun oylarida hududda tashkil etilgan 151 ta sport tadbiri orqali 46 444 nafardan ortiq aholi, shundan 15 832 nafari xotin-qizlar qamrab olindi.
Mahallalarda sport musobaqalarini tashkil etish uchun har bir mahallaga 2 tadan, jami 408 ta futbol, voleybol, basketbol va gandbol to‘plari tarqatildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarida ishtirok etish istagida bo‘lgan 66 068 nafar 10–30 yoshli mahalla yosh elektron platformada ro‘yxatdan o‘tdi.
Shuningdek, shashka va shaxmat, vorkaut, xalq o‘yinlari, stritbol, kurash, yengil atletika, mini-futbol va adaptiv sport turlari bo‘yicha mahalla bosqichlarida 63 123 nafar yoshning ishtiroki ta’minlandi.
2025-yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika bosqichida Paxtachi tumani 4 ta oltin va 1 ta kumush medal qo‘lga kiritib, 208 ta tuman va shahar orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Oltin medal sohiblari:
-
Sardoba mahallasining 16–21 yoshli qizlar jamoasi — stritbol;
-
Suluvqo‘rg‘on mahallasining 16–21 yoshli o‘g‘il bolalar jamoasi — stritbol;
-
Suluvqo‘rg‘on mahallasining 22–26 yosh toifasidagi qizlar jamoasi — yengil atletika;
-
Paxtachi tumani jamoasi — gimnastrada.
Shuningdek, Sunnatullaeva Mashhura kurash musobaqasida medal sohibi bo‘ldi.
“Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida Amir Temur mahallasidan Faxriddinov Temur 10–14 yosh toifasida 2-o‘rinni egallab, 75 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
13. Yoshlar uchun ta’lim va rivojlanish loyihalari
“Ibrat farzandlari”
-
Foydalanuvchilar — 10 626 nafar;
-
Sertifikat olganlar — 5 766 nafar.
“Mutolaa”
-
Foydalanuvchilar — 14 734 nafar;
-
O‘qilgan kitoblar — 75 771 ta.
“Ustoz AI”
-
Foydalanuvchilar — 3 392 nafar;
-
Sertifikat olganlar — 876 nafar.
“Qizlar akademiyasi”
-
Foydalanuvchilar — 4 043 nafar.
“UzChess”
-
Foydalanuvchilar — 2 215 nafar;
-
Boshqotirmalar — 8 087 ta;
-
O‘ynalgan o‘yinlar — 1 179 ta;
-
Sertifikatlar — 542 ta.
“Ko‘mak” loyihasi
Xorijiy tillarga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida 6 ta ariza qabul qilindi.
Shundan 4 ta arizaga jami 520 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Yana 1 ta ariza hujjatlarni tayyorlash bosqichida.
XULOSA
Umuman olganda, Paxtachi tumanida yoshlar siyosati sohasida ishlarni manzilli tashkil etish, ishsiz yoshlarni band qilish, ularni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan individual ishlash borasida muayyan natijalarga erishilmoqda.
Kelgusida asosiy e’tibor:
-
“sariq” va “qizil” toifadagi yoshlar bilan individual ishlash;
-
bandligi ta’minlanmagan yoshlarni to‘liq ish bilan ta’minlash;
-
oliy ta’lim bitiruvchilarini mehnat bozoriga moslashtirish;
-
iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
-
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish;
-
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish
borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga qaratiladi.
