Majburiy ijro buyrosi Paxtachi tuman bo’limi boshlig’i Shodiyev Qodirjon Berdiyor o’g’li ishtirokida brifing o'tkazildi
2026-09-11 16:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Joriy yilning 8 oyida Majburiy ijro byurosining Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelindi.
Xususan, joriy yilning 8 oy davrda 253 mlrd. 119 mln. so‘mlik 34.252 ta ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilib, 131 mlrd. so‘mlik 16.490 tasini ijrosi ta’minlandi, ular bo‘yicha 64 mlrd. so‘m amalda undirildi, yoki 2025 yilning mos davriga nisbatan 11 mlrd. so‘mga ko‘p qarzdorliklar undirildi.
Ushbu davrda Davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq jami 120 mlrd. 762 mln. so‘mdan ortiq 18.543 ta ijro hujjatlari bo‘yicha amalga oshirilgan majburiy ijro tadbirlari natijasida, jami 60 mlrd. 102 mln. so‘mdan ortiq 8.913 ta ijro hujjatlari yuzasidan yakuniy qarorlar qabul qilinib, ular bo‘yicha amalda 44 mlrd. 315 mln.so‘mdan ortiq mablag‘lar undirildi.
Shu kabi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga undirilishi belgilangan mablag‘larga doir ijro tadbirlarini tizimli va samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida «Daftarlar»ga 1 mlrd. 477 mln. so‘m mablag‘lar o‘tkazib berildi.
Shuningdek, ishga tiklash bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 2 nafar fuqarolar ishga tiklandi.
Bundan tashqari, moddiy yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlar foydasiga aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlar bo‘yicha olib borilgan ijro tadbirlari davomida 9 mlrd 825 mln so‘mdan ortiq aliment qarzdorliklari undirib berildi.
Ushbu toifadagi ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan profilaktik suhbatlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 415 ta oilalar yarashtirildi.
Hamkorlikdagi tadbirlar davomida 521 nafar ishsiz aliment to‘lovchilar ishga joylashtirilib, ularning bandligi ta’minlandi.
Shu bilan birga, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida, aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan jami 46 nafar shaxslar MJtKning 474-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi va 5 nafari esa JKning
122-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!
Shodiyev Qodirjon Berdiyor o’g’li
Majburiy ijro buyrosi Paxtachi tuman bo’limi boshlig’i
