🌱 G‘o‘za maydonlaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
2026-08-26 10:30:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanida g‘o‘za maydonlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim agrotexnik tadbirlarga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdumajid Nurqulov hamda tuman hokimining o‘rinbosari G‘olib Absananov boshchiligida soha mutaxassislari, mas’ullar va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida g‘o‘za maydonlarining bugungi holati, hosilni saqlab qolish va yuqori hosildorlikka erishish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🌾 Puxta agrotexnika — mo‘l hosil garovi!
Biz👉https://myurls.co/paxtachi_tumani


