🏗 Qurilish obyektlarida sifat va muddat masalalari muhokama qilindi
2026-08-26 09:35:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumani hududida qurilish ishlarini olib borayotgan qurilish korxonalari rahbarlari ishtirokida tuman prokuraturasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi Qayum Xushbakov va tuman prokurori S. Madjidov ishtirok etib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish loyihalarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Yig‘ilish davomida qurilish korxonalari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. Qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan texnik talab va me’yorlarga qat’iy rioya qilish hamda loyihalarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, quruvchi va mutasaddilar tomonidan bildirilgan takliflar o‘rganilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
🏗 Sifatli qurilish — obod hudud va farovon hayot garovi!






